AQSH nega Oyga qaytmoqda?
Yangi “oy poygasi” resurslar uchun kurash sharoitida qayta avj ola boshladi. “The New York Times” gazetasi yozishicha, NASA va boshqa fazoviy tuzilmalar Oyga muz va geliy-3 manbai, shuningdek kelajakda koinotni o‘rganish uchun tayanch manzil sifatida qaramoqda. Vashington 2028-yil Oyga odam jo‘natishni rejalashtirgan. Sayyoramiz tabiiy yo‘ldoshini tadqiq qilishning ilk davrida NASA va sobiq Sovet Ittifoqi Oyning Yer bilan bevosita radio aloqa o‘rnatish imkoni mavjud bo‘lgan yaqin tomoniga e’tibor qaratgan. Endi esa koinotshunoslar Oyning qutbi va bizga ko‘rinmaydigan orqa tomoniga ko‘proq qiziqmoqda. Qutbdagi kraterlarda muzlagan ichimlik suvi va kislorod raketa yonilg‘isi – Yerda juda kam uchraydigan, funti 9 million dollarga teng geliy-3 – termoyadroviy energiya uchun istiqbolli modda bilan ta’minlashi mumkin. Shuningdek, xabarda Oyning narigi tomoni zaminimizdagi radio shovqinidan himoyalangan radioteleskop uchun mos joy ekani ta’kidlanmoqda.
Vashington Janubiy qutb yaqinida baza qurishni rejalashtirayotgan bir payt, Xitoy ham shu mintaqada o‘z manzilgohini tashkil etish niyatini e’lon qildi.
S.Rahimov, O‘zA