AQSH maktabida ikki kishi halok bo‘ldi
AQSHdagi maktabda xokkey o‘yini payti yuzaga kelgan otishma natijasida ikki inson halok bo‘ldi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, hodisa Rod-Aylend shtati Pautuket shahridagi "Dennis M. Lynch Arena"da sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, bir yigit va bir qiz hayotdan ko‘z yumgan, to‘rt kishi jarohatlangan. Hujum uyushtirgan shaxs voqea joyida jonsiz holda topilgani aytilmoqda. Tergov davom etyapti.
Tarqatilgan video lavhada xokkey o‘yini payti o‘q ovozi eshitilib, birdan vahima ko‘tarilgan.
Mahalliy politsiya boshlig‘i Tina Gonsalves matbuot anjumanida nishonga olingan to‘rt kishidan biri kasalxonada vafot etganini ma’lum qilgan.
- Gumonlanuvchi o‘z joniga qasd qilganini inobatga olsak, fojia maishiy nizo tufayli kelib chiqqan maqsadli hodisadek tuyuladi, - deydi Gonsalves.
Mahalliy hokimiyat Federal tergov byurosi bo‘linmasi shtat va mahalliy huquqni muhofaza qilish idoralariga yordam berish uchun hududga yetib kelganini aytgan. Hujum sababini aniqlash uchun vaqt kerakligi ta’kidlanmoqda.
G.Sattorova, O‘zA