AQSH Kanadaga 35 foiz soliq solmoqchi
Donald Tramp 1 avgustdan boshlab Kanada tovarlariga 35 foizlik boj joriy etilishini da’vo qildi, deb yozgan BBC.
Bosh vazir Mark Karni mazkur bayonotga munosabat bildirib, Kanada hukumati o‘z ishchilari va korxonalarini himoya qilishda davom etishini aytdi.
Ushbu mamlakatning ba’zi mahsulotlariga 25 foizlik umumiy boj allaqachon joriy qilingan. Masalan, global po‘lat, alyuminiy va avtoulovga nisbatan tarif ham jiddiy qiyinchiliklarga sabab bo‘lgan.
Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning qariyb to‘rtdan uch qismini Qo‘shma Shtatlarga sotadigan Kanada avtomobil ishlab chiqarish markazi va asosiy metall yetkazib beruvchi sifatida ham muayyan tarmoqlarda jiddiy zarar ko‘rishi tayin.
– Agar Kanada biz bilan Fentanil oqimini to‘xtatish uchun ishlasa, ehtimol ushbu xatga tuzatish kiritish masalasini ko‘rib chiqamiz, – degan Tramp. – Munosabatga qarab, tarif yuqoriga yoki pastga qarab o‘zgartirilishi mumkin.
Musulmon Ziyo, O‘zA