AQSH Hudayda aeroportiga zarba berdi
AQSH harbiylari Yaman g‘arbida joylashgan Hudayda shahridagi aeroportga uch marta zarba yo‘llagan. Bu haqda “Ansor Alloh” harakati xusiylari nazorat qiladigan “Al Masirah” telekanali xabar berdi.
"Al Hadath" telekanali esa amerikaliklar guruhning qurol omborlari, shuningdek raketa va uchuvchisiz uchish qurilmalari joylashgan manzillarini nishonga olganiga e’tibor qaratgan.
Hujum natiajsida xusiylar Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni yaralangani aytilyapti.