AQSH Birlashgan Arab Amirliklariga qurol sotmoqda
AQSH Birlashgan Arab Amirliklariga 23 milliard dollardan ziyod qurol-yarog‘, jumladan, zamonaviylashtirilgan F-35 samolyotlari, uchuvchisiz uchar qurilmalar va boshqa aslahalarni sotmoqda.
Bu haqda prezident Jo Bayden Kongressga bayonot berdi.
Davlat departamenti ma’lumotiga ko‘ra, qurol bilan bog‘liq tafsilotlar ko‘rib chiqiladi. Biroq har qanday holatda ham ma’muriyat BAA bilan sotuv bo‘yicha kelishuv olib borishda davom etadi.
AQSH ma’muriyati sobiq prezident Donald Tramp ko‘rib chiqishi kerak bo‘lgan bitimlarni to‘xtatib qo‘ygan edi. Keyinchalik Fors ko‘rfazi mamlakatiga sotuvlar Tramp o‘z lavozimini tark etishidan oldin yakuniga yetgan.
Tramp ma’muriyati BAA bilan amalga oshirilayotgan savdo yuzasidan Kongressga ma’lum qilgan edi. Ya’ni noyabr oyida AQSH Amirliklarga qurol sotish bilan bog‘liq kelishuv o‘tkazgan. Shu bilan birga AQSH vositachiligida BAA Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga rozilik bergan.
Darvoqe, Tramp ma’muriyati davrida Isroil BAA, Bahrayn, Sudan va Marokash bilan kelishuvlarga erishishga ulgurgan.
Bayden ma’muriyati Saudiya Arabistonining Yamandagi ishtiroki va boshqa inson huquqlari muammolarini inobatga olgan holda, Saudiya Arabistoniga harbiy qurol-aslaha sotish bo‘yicha mamlakat siyosatini, jumladan, Tramp davridagi ba’zi qurol-yarog‘ bitimlarini ko‘rib chiqayotganini e’lon qildi.