AQSH Belarusga yo‘naltirilgan aviaparvozlarni taqiqladi
AQSH transport vazirligi "Ryanair” samolyoti bilan bog‘liq hodisa tufayli AQSH-Belarus yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvozlar uchun chipta sotilishini taqiqladi.
Vazirlik hujjatida ko‘rsatilishicha, AQSHdan Belarusga barcha turdagi yo‘lovchilar uchun aviachiptalar sotish taqiqlanadi, jumladan, tranzit parvozlar uchun ham chiptalar berilmaydi.
Bunda faqatgina AQSH milliy manfaati va xavfsizligiga tegishli holatlar mustasno tutilishi mumkin.
“Bunday chora 2 iyulda belgilangan va hozirgacha AQSH ma’muriyati tomonidan e’tiroz bo‘lmadi. Shuning uchun kuchga kiradi”, deyiladi “RIA Novosti” ning mahkama ma’lumotiga asoslangan xabarida.