“Aqchako‘l ilhomlari” tanlovi boshlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida “Aqchako‘l ilhomlari” respublika ijodiy tanlovi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni tanlovningochilishi bilan qutladi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan farmon va qarorlar aholining farovon hayotini ta’minlashda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu qatorda, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Mazkur ijodiy tanlov ham o‘z navbatida, yoshlarga oid islohotlarsamaradorligini oshirish, ularning qiziqishi va qobiliyatini yuzaga chiqarishda muhim sanaladi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda va o‘zaro tajriba almashish uchun qulay ijodiy maydon yaratishda, yangi iqtidorlarni keng jamoatchilikka tanishtirishda alohida o‘rin tutadi.
[gallery-28626]
Tadbir davomida mazkur tanlovni tashkil etishda faollik ko‘rsatgan bir guruh fidoyi insonlarga Jo‘qorg‘i Kengesning “Tashakkurnoma”si topshirildi.
Tadbir san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturibilan davom etdi.
Mazkur tanlovdamamlakatimizning barcha hududlaridan iste’dodli yoshlar hamda ijodkorlar o‘z mahorat va ijodiy salohiyati bilan ishtirok etmoqda.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.