Apple yangi iPhone 17 modellari narxini e’lon qildi
Lekin O‘zbekistonda bu telefonlar narxi ancha yuqoriroq bo‘ladi. Nega? Keling, buni oddiy tilda tushuntirib beramiz.
2025-yil 1-maydan boshlab, bojxona qonunchiligida muhim o‘zgarish kuchga kirdi:
Agar siz chetdan telefon olib kirmoqchi bo‘lsangiz, maksimal bojsiz limit endi 2 ming dollardan 1 ming dollarga tushirildi.
Ya’ni, 1000 dollardan qimmat telefon olib kirsangiz, oshgan summaning 30 foizini bojxona to‘lovi sifatida to‘laysiz.
Bundan tashqari, har bir iPhone ni O‘zbekistonda ishlatish uchun IMEI
-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish kerak
Agar siz telefonni yashirincha olib kirsangiz va bojxona deklaratsiyasiga kiritmasangiz, keyinchalik uni ro‘yxatdan o‘tkazishda ham to‘liq boj qiymatining 30 foizini to‘lashingizga to‘g‘ri keladi.
Keling, endi iPhone 17 narxlariga nazar tashlaymiz:
iPhone 17 (799 $) – taxminan 10,3 mln so‘m
iPhone 17 Pro (999 $) – 12,8 mln so‘m
iPhone 17 Pro Max (1 199 $) – 16 million so‘m
Bu faqat chetdan olib kirilsa. Rasmiy do‘konlarda bu narxlar yana ham yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
Demak, yangi iPhone olib kelmoqchimisiz?
Qonunchilikdagi yangi o‘zgarishlarni hisobga oling, aks holda kutilmagan xarajatlarga duch kelishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/IzWPbTRqHas" title="Apple yangi iPhone 17 modellari narxini e’lon qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA