Antoni: “Men Ronaldudan ko‘p narsani o‘rgandim”
U hayot va kitoblar haqida ko‘p gapirar edi.
"Real Betis" safida harakat qilib kelayotgan Antoni Krishtianu Ronaldu bilan "Manchester Yunayted"da birga o‘ynagan paytlari haqida gapirdi.
"Men Krishtianudan ko‘p narsani o‘rgandim. U hayot va kitoblar haqida ko‘p gapirar edi. Biz u bilan futbolga doir bo‘lmagan turli mavzularni muhokama qilardik. Bu suhbatlar juda ajoyib edi. Chunki bu mavzular meni muammolardan chalg‘ishimga yordam berar edi. U shunday derdi: "Bugun biz futbol haqida gaplashmaymiz" - shu tariqa biz undan boshqa ko‘plab muhim narsalarni bilib olardik”,- dedi 26 yoshli vinger.
Ma’lumot uchun, braziliyalik va portugaliyalik futbolchi 2022/23-yilgi mavsumning birinchi yarmida atigi bir necha oy davomida klubdosh bo‘lishgan.