Antaliyada COP31 iqlim sammiti boşlandi
Turkiyaning Antaliya şahrida BMT COP31 iqlim sammiti oçildi. 20-noyabrga qadar davom etadigan anjumanda buğ gazi çiqindisini kamaytiriş, muqobil energiya manbalariga ötiş, metan ajralib çiqişini çeklaş va şaharlarni iqlim özgarişiga moslaştiriş masalalari muhokama qilinadi.
Mazkur tadbir Eron bilan uruş tufayli Hurmuz böğozi yopilib, jahon bozorida yonilği va öğit narxi oşgan bir paytda ötayotgani energetika xavfsizligi va qayta tiklanuvçi manbalarga sarmoya kiritiş masalasini yanada dolzarblaştirdi.

BMT iqlim masalalari böyiça rahbari Saymon Still mamlakatlarni mavjud majburiyatni bajarişga çaqirdi. Anjumanda rivojlanayotgan davlatlar uçun iqlim loyihalarini moliyalaştiriş va tabiiy gazdan samarali foydalaniş asosiy mavzuga aylanişi kutilyapti. Bu gal Antaliyada 90 000 dan ziyod iştirokçi töplanadi. Davlat rahbarlari uçraşuvi 11-12-noyabr kunlariga belgilangan.
Musulmon Ziyo, ÖzA