Anqarada Putin va Erdo‘g‘on muzokara o‘tkazmoqda
RIA Novostining yozishicha, Anqarada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on o‘rtasida muzokara boshlangan.
RIA Novostining yozishicha, Anqarada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on o‘rtasida muzokara boshlangan. Xabarga ko‘ra, xuddi shu bugun, 16 sentabrda Rossiya, Eron va Turkiya davlat rahbarlari ishtirokida Suriyadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha uch tomonlama sammit ham boshlanadi.
Qayd etilishicha, Rossiya va Turkiya rahbarlarining uchrashuvi matbuotga yopiq ravishda o‘tkazilmoqda. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning izoh berishicha, muzokara avvalida Putin va Yerdo‘g‘on yakkama yakka suhbat o‘tkazadi, so‘ngra kerak bo‘lganda ikki mamlakat delegatsiyalari a’zolari muzokaralarga qo‘shiladi.
“Ayni vaqtda tet-a-tet shaklida, agar prezidentlar zarur deb bilsa, muloqot delegatsiyalar ishtirokida ham davom etadi“, degan u.
Anqarada bo‘lib turgan Rossiya davlat rahbari boshchiligidagi delegatsiya tarkibida RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, mudofaa vaziri Sergey Shoygu, energetika vaziri Aleksandr Novak va Rossiya Prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentevlar bor.