Anqarada “Mirziyoyev doktrinasi: global beqarorlik davridagi imkoniyatlar diplomatiyasi” kitobining turk tilidagi naşri taqdim etildi
Turkiya poytaxti Anqara şahrida “Mirziyoyev doktrinasi: global beqarorlik davridagi imkoniyatlar diplomatiyasi” nomli kitobning turk tilidagi naşri taqdimoti bölib ötdi. Kitobda Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida Özbekistonda sönggi ön yilda amalga oşirilgan islohotlar, mamlakat taşqi siyosatidagi yangi yondaşuvlar va diplomatik hamkorlik istiqbollari yoritilgan.
Turkiya Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Kommunikatsiya boşqarmasi mezbonligida, Turkiy davlatlar taşkilotining XIII sammiti doirasida taşkil etilgan mazkur yiğinda diplomatlar, parlament aʼzolari, olimlar, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Kitobda Yangi Özbekiston taşqi siyosatining asosiy tamoyillari – özaro işonç, konstruktiv muloqot, yaxşi qöşniçilik va manfaatli hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Şuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani kuçaytiriş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, transport yölaklarini rivojlantiriş va investitsiyalarni jalb etiş borasidagi saʼy-harakatlar tahlil qilingan.

Taqdimotda sözga çiqqan yurtimizning Anqaradagi Favqulodda va muxtor elçisi Ilhom Haydarov asarning turk tilida naşr etilişi ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlaş, Turkiya jamoatçiligini Özbekistondagi yangilanişlar bilan yaqindan taniştirişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Diplomatning taʼkidlaşiça, kitob taqdimotini Turkiyaning boşqa şaharlarida ham ötkaziş rejalaştirilgan.
Turkiya Hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA) raisi örinbosari Buğra Aydin mazkur naşr ikki mamlakatning umumiy maqsadlari va hamkorlik imkoniyatlarini çuqurroq anglaşga xizmat qilişini qayd etdi.
Taqdimotdan söng “2030-yil sari Yangi Özbekiston: Islohotlar natijalari, Özbekiston–Turkiya strategik şerikligi va TDT doirasidagi hamkorlik” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.

Elçimiz I.Haydarov moderatorligida ötgan muloqotda TIKA raisining örinbosari Buğra Aydin, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi kotibiyati rahbari Şuhrat Yigitaliyev, Strategik taraqqiyot markazi raisining örinbosari Tölqin Tursunov, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Şerzodxon Qudratxöja hamda ikki mamlakat ekspertlari iştirok etdi.
Davra suhbatida Özbekistonning 2030-yilgaça bölgan taraqqiyot maqsadlari, islohotlar natijalari, Turkiya bilan strategik şeriklik va TDT doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Ş.Yigitaliyev Özbekiston va Turkiya munosabatlari sönggi ön yilda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli yangi bosqiçga kötarilganini taʼkidladi. Uning fikriça, Markaziy Osiyoda şakllanayotgan özaro işonç va yaxşi qöşniçilik muhiti iqtisodiy hamda gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi vakili Ali Ehson Çağlar esa TIKA kömagida Özbekistonda 300 dan ortiq loyiha amalga oşirilganini qayd etib, savdo, investitsiya va qöşma taraqqiyot dasturlarini kengaytiriş muhimligini bildirdi.
Şuningdek, anjuman iştirokçilari Özbekiston va Turkiya örtasidagi hamkorlikni siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy va axborot sohalarida yanada rivojlantiriş, şuningdek, Turkiy davlatlar taşkiloti doirasida qöşma taşabbuslarni köpaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.
Nodira Qayumova, ÖzA
Anqara, Turkiya