ANORBANK to‘rt yoshini qanday nishonladi
ANORBANK o‘zining to‘rt yilligi munosabati bilan an’anaviy tarzda bolalar uchun xayriya bayramini tashkil etdi. Toshkent shahridagi 30-mehribonlik uyida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda qatnashgan har bir bola o‘zini qadrli va sevimli his qila oldi. Bolalaring kulgusi esa ezgulik va e’tibor dunyoni ijobiy tomonga o‘zgartirishga qodir ekanini yana bir bor isbotladi.
O‘zbekistondagi ilk mahalliy raqamli bank ANORBANK bu yil moliyaviy xizmatlar bozoridagi to‘rt yilligini nishonladi. Ushbu muhim sana munosabati bilan bank tomonidan Toshkent shahridagi 30-mehribonliy uyi tarbiyalanuvchilari uchun xayriya bayrami tashkil qilindi.
Tadbirida 7 dan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq bolalar ishtirok etdi. Ular uchun turli musiqa tanlovlari, kimyoviy moddalar shousi va raqs tomoshalari namoyish qilindi. Dasturning eng diqqatga sazovor qismi taniqli illyuzionist Dmitriy Polyakovning chiqishi bo‘lib, u yosh tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbirda bayramona kayfiyat yaratish maqsadida InTrend raqs guruhi o‘z chiqishlarini namoyish qildi. Butun bayram davomida raqs maydonini bolalarning kulgisi va quvonchli taassurotlari qamrab oldi.
Tadbir so‘ngida bolalar serpantin shousidan bahramand bo‘lishdi va ular uchun bayram dasturxoni yozildi.
Shuningdek, bank to‘rt yilligi munosabati bilan O‘zbekiston moliyaviy xizmatlar bozorida erishgan yutuqlari va mavqeyi aks ettirilgan hisobot roligini taqdim etdi.
ROLIK (VSTAVKA c YOUTUBE)
ANORBANK’ning zamonaviy hamda foydali mahsulotlari va xizmatlari haqida bankning saytida, mobil ilovasida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida batafsil ma’lumot taqdim etilgan:
Aloqa markazi: 1290
Reklama huquqi asosida.