ANONS: Suv muammosi keskinlashdimi? (+video)
Dunyoda muqobili bo‘lmagan yagona resurs nima ekanligini bilasizmi? Bu albatta suv. Olimlar sayyoramizdagi ilk tirik mavjudotlar ham aynan suvda paydo bo‘lganini ta’kidlashadi. Million yillardan buyon suv tiriklik evolyutsiyasiga ham, sayyoramizning geografik shakli va iqlim o‘zgarishlariga ham beqiyos ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Biz navbatdagi dasturimizda insoniyat uchun kisloroddan keyin ikkinchi ehtiyoj hisoblangan toza ichimlik suvi muammosi haqida mulohaza yuritamiz.
Tez orada ushbu tahliliy dasturni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VpU5ivSvuIQ" title="ANONS: Suv muammosi keskinlashdimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA