Andijonda “Mahalla ligasi” g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida tashkil etilgan “Mahalla ligasi”ning Andijon viloyati bosqichi musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqalarning tantanali ochilish marosimida ommaviy sportni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, mahallalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni keng targ‘ib etishda mazkur loyihaning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
[gallery-30449]
Viloyat bosqichida shahar va tuman saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar mini futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi, vorkaut, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishi namoyon bo‘ldi.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra, o‘z yo‘nalishlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Mahalla ligasi” musobaqalari aholini, ayniqsa, katta yoshdagilarni muntazam sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, mahallalarda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va ommaviy sport harakatini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA