Andijonda donorlik aksiyasi davom etmoqda
Yordamga muhtoj insonlar, bemorlarga beg‘araz ko‘mak berish xalqimizga xos fazilatlardan. O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi donorlik aksiyasida ham ushbu maqsad ko‘zda tutildi.
Andijon shahridagi viloyat qon quyish markazida tashkil etilgan aksiyada partiya faollari, Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari, ko‘ngilli yoshlar faol ishtirok etdi.
–O‘zbekiston “Adolat” SDP faollari bemor bolalar uchun qon berayotganini eshitib, men ham ularning safiga qo‘shildim, - deydi Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi Humoyun Qo‘chqorov. – Kimgadir hayot bag‘ishlayotganimdan xursandman. Bu savobli ish mening salomatligimga ham foydali.
Donorlar qon berishda davom etmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA