Andijonda bir oilada to‘rt egizak chaqaloq dunyoga keldi
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyatidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida quvonchli voqea yuz berdi. Bu yerda bir ona to‘rt nafar egizak chaqaloqni dunyoga keltirdi.
Shifokorlar ma’lum qilishicha, ona va chaqaloqlarning salomatlik holati qoniqarli bo‘lib, ular mutaxassislar nazorati ostida parvarish qilinmoqda.
[gallery-29870]
Andijon shahrining G‘ayrat mahallasida yashovchi Odinaxon Muhammadjonova bir yo‘la to‘rt farzand – uch o‘g‘il va bir qiz chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu quvonchli voqea oila uchun unutilmas baxtli kunga aylandi.
Tug‘ruq Andijon shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida qabul qilindi. Muassasada ko‘p homilali va yuqori xavfli homiladorlik holatlarida onalar hamda chaqaloqlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Markazda zamonaviy tug‘ruq, reanimatsiya va neontologiya bo‘limlari faoliyat yuritib, murakkab holatlarda ham yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA