Amudaryo ekotizimini asrash yo‘lida yirik media-ekspeditsiya tashkil etildi (+video)
O‘zbekiston Ekologiya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi hamda Global ekologik fondning “Aral Sea Wetlands” loyihasi doirasida Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog‘iston bo‘ylab uch kunlik media-ekspeditsiya o‘tkazildi. Tadbirdan ko‘zlangan bosh maqsad — keng jamoatchilik va davlat idoralari e’tiborini Quyi Amudaryo havzasida suvni ekologik maqsadlarda o‘tkazish hamda noyob tabiiy tizimlarni saqlab qolishga qaratishdan iborat.
Media-tur davomida jurnalist va ekspertlar hududdagi beshta muhim va zaif ekologik ob’ekt — Dengizko‘l, Qizilqum qo‘riqxonasi, Xorazm milliy tabiat bog‘i, Quyi Amudaryo biosfera rezervati va Sudoche ko‘lidagi haqiqiy holat bilan tanishdilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, suv taqsimotida tabiatning ekologik ehtiyojlarini inobatga olmaslik suv sathining qisqarishiga va bioxilma-xillikning yo‘qolishiga olib kelmoqda. Shu bosh sababga ko‘ra, avvalroq imzolangan Quyi Amudaryo havzasi konsepsiyasini qisqa muddatda qog‘ozdan amaliyotga ko‘chirish, ya’ni oziq-ovqat xavfsizligi va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash jarayonini ekotizimlarni asrash bilan muvozanatda olib borish zarurligi qayd etildi.
<iframe width="873" height="491" src="https://www.youtube.com/embed/0vSzQGnBZZ0" title="Amudaryo bagʻrida yashiringan sir" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA