“AMIRSOY”-2 bosqichiga start berildi
Loyihaga koʻra, 2020-2024-yillar oraligʻida Boʻstonliqda 2400 oʻringa moʻljallangan 4ta restoran, 105 oʻrinli 4 yulduzli va 101 oʻrinli 5 yulduzli mehmonxona quriladi.
Prezidentimizning 2020-yil 27-avgustdagi “Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmoniga koʻra, Boʻstonliq tumani hududida katta ishlar boshlab yuborildi.
Hududga mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish uchun zarur shart-sharoit, zamonaviy va sifatli infratuzilmani yaratish maqsadida “Amirsoy” togʻ-changʻi kurort majmuasi qurilishining ikkinchi bosqichiga start berildi.
Loyihaga koʻra, 2020-2024-yillar oraligʻida Boʻstonliqda 2400 oʻringa moʻljallangan 4ta restoran, 105 oʻrinli 4 yulduzli va 101 oʻrinli 5 yulduzli mehmonxona quriladi.
Shuningdek, 500 oʻrinli avtoturargoh; osma yoʻllar, togʻ-changʻi koʻtargichlar, 16,8 km uzunlikdagi togʻ-changʻi trassasi; togʻ sporti, changʻi va boshqa jihozlarni ijaraga berish shoxobchalariga ega boʻlgan koʻp tarmoqli markaz, bir qator basseyn va hordiq chiqarish, dam olishning mavsumiy turlarini tashkil qilish uchun maydonlar quriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining farmoyishi bilan ushbu loyihani tez va sifatli amalga oshirish uchun tegishli vazirlik va idoralarga quruvchilarga zarur boʻlgan yordamni vaqtida koʻrsatish vazifasi yuklandi.