Aminova Gulzor Xolmurodovnaning qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Lalmikor maydonlarda ozuqabop arpaning global iqlim o‘zgarishlari stress omillariga chidamli boshlang‘ich ashyolarini yaratish” mavzusida
Aminova Gulzor Xolmurodovnaning 06.01.05 - “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha “Lalmikor maydonlarda ozuqabop arpaning global iqlim o‘zgarishlari stress omillariga chidamli boshlang‘ich ashyolarini yaratish” mavzusidagi qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD.08/2025.27.12.Qx.09.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 5-avgust kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 130400, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, Olimlar mahallasi, M.Omonov ko‘chasi, 1-uy. Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Tel.: (99872) 432-15-33
e-mail: uzniizerno@yahoo.com