Amerikada qurol savdosi kamaymoqda
Oʻtgan yilda amerikaliklar 13 million dona qurol sotib olgan boʻlib, bu koʻrsatkich 2017 yilga nisbatan 800 mingtaga kam degani
Oʻtgan yilda amerikaliklar 13 million dona qurol sotib olgan boʻlib, bu koʻrsatkich 2017 yilga nisbatan 800 mingtaga kam degani
“Rossiya 24” telekanali maʼlumotlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda 2018 yilda qurol savdosi hajmi 6 foizga qisqargan. Oʻtgan yilda amerikaliklar 13 million dona qurol sotib olgan boʻlib, bu koʻrsatkich 2017 yilga nisbatan 800 mingtaga kam degani.
Ekspertlarning fikricha, bu holat AQSH Prezidenti Donald Trampning hokimiyat tepasiga kelishi bilan bogʻliq. Yaʼni, Tramp siyosati asosida oʻq otar qurolni erkin olib yurishga boʻlgan taʼqiqning yumshagani amerikaliklarda qurolga boʻlgan qiziqishni susaytirgan.