Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida joriy yilning birinchi choragida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yer, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Ta’kidlanishicha, 2021 yilning hisobot davrida o‘tkazilgan 811 ta davlat ekologik nazorat tadbirlarida 758 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Viloyatning 535 ta korxonalaridan 991,744 million so‘m kompensatsiya to‘lovlari undirilgan. Viloyat hududidagi noqonuniy chiqindixonalar bartaraf etilib, 30 tonnadan ziyod qattiq-maishiy chiqindilar chiqarib tashlangan.
Atmosfera havosini muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha 193 marotaba reyd tadbirlari o‘tkazilgan. 161 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, ularga 40,4 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
[gallery-2228]
2021 yil davlat dasturiga asosan 32 ta maxsus chiqindi tashuvchi transportlar, 4 ta buldozer texnikalari, 69 dona konteynerlar sotib olinishi rejalashtirilgan.
Viloyatda 2020 yil kuz va 2021 yil bahor mavsumida ko‘chat ekish hajmlari bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqilgan. Hududlarda ekilgan daraxt va butalar hisobi joylarda tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan muvofiqlashtirilib kunlik ma’lumotlar kuchat2021.uz saytiga joylashtirilmoqda. Viloyat bo‘yicha 14717,7 tup manzarali hamda mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan. O‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazgan huquqbuzarlar jarimaga tortilgan.
Matbuot anjumanida soha mutaxassislari jurnalist va blogerlarning savollariga batafsil javob berdi.
Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O‘zA