A’lochi o‘quvchilar va ularning ota-onalar taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Toshkent Davlat musiqali komediya teatri (Operetta)ga Chilonzor tumanidagi 182-maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va ularning ustozlari o‘quv yilining 5 oylik yakunlarini muhokama etish, muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchilarni taqdirlash uchun yig‘ildilar.
Ushbu maktab tumanda, shaharda yetakchi ta’lim maskanlaridan sanaladi. Bu yerda bugungi kunda 520 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi tahsil olmoqda. Tadbirda 100 nafardan a’lochi, 52 nafar sport sohasida yutuqlarga erishayotgan o‘quvchilar qatorida farzandlari ta’lim-tarbiyasi uchun jon kuydirib, maktab o‘qituvchilari bilan yagona maqsad yo‘lida faollik ko‘rsatib kelayotgan 48 nafar ota-ona ham taqdirlandi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari huzuriga iste’fodagi polkovnik Jahongir Abirov, O‘zbekiston IIV, Mudofaa vazirligi, qurolli mojarolar va terrorizmga qarshi kurash fondining tashkiliy-ommaviy ishlar bo‘limi boshlig‘i Botir Sodiqovlar ham tashrif buyurdi. Jahongir Abirov va Botir Sodiqovlar so‘zga chiqib, o‘quvchilarni erishayotgan yutuqlari bilan qutlab, jonajon O‘zbekistonimiz uning porloq kelajagi uchun fidoiy, jasur insonlar bo‘lib yetishishlarida omad tiladi.
So‘ngra maktab o‘qituvchilari Elnoara Afzalova va Hulkar Kenjayevani O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasining “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun” medali bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tadbir doirasida “Samo” bolalar ijodiyoti akademiyasi a’zolari tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangrab, davraga ko‘tarinki kayfiyat olib kirdi.
[gallery-6026]
Muhammad AMIN (surat),O‘zA