Allergiya hayot uchun xavflimi?
Allergologik kasalliklar butun dunyoda tarqalishi halokatli ravishda kengayib bormoqda.
Bu ham rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda bir xil ko‘rsatgichni tashkil etadi. Bu kasalliklar qatoriga bronxial astma, anafilaksiya, dori va ovqat allergiyasi, allergik rinit, hasharotlar zaxri allergiyasi, Kvinke shishi kabi xastaliklarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Allergiyaning turlari ko‘p. Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikovaning qayd etishicha, inson organizmiga suvaraklar, gijjalar tushganda va chumolilar chaqqan paytlarda ham allergik reaksiyalar kuzatiladi. Allergik reaksiyalar ko‘pincha sariq chumolilar chaqishidan yuzaga keladi: bitta chumoli chaqqanda qavarchiqlar va angionevrotik shish paydo bo‘ladi. Ular tez sodir bo‘ladigan, sekin-asta sodir bo‘ladigan va kechki reaksiyalar tipida rivojlanishi mumkin. Bir necha chumolining birdaniga chaqishi bronxial astma xuruji va hatto anafilaktik shokni keltirib chiqarishi mumkin.
Qon so‘ruvchi hasharotlar (chivinlar, kanalar, burgalar) chaqqanda kishi organizmiga hasharot so‘lagi tushadi. Uning tarkibida esa zaharli moddalar bilan bir qatorda allergik reaksiyalarni keltirib chiqaruvchi moddalar ham bor. Chivin chaqishi natijasida tez sodir bo‘ladigan va sekin-asta sodir bo‘ladigan reaksiyalar yuz berishi mumkin. Uy pashshalari ham Ye immunoglobulini bilan bog‘liq allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Suvaraklarga nisbatan allergik reaksiyalar ko‘pincha allergik dermatozlar, qavarchiqlar, rinitlar, bronxial astma ko‘rinishida yuzaga keladi. Suvarak allergenlari uy changida bo‘lishi va nafas yo‘llarining allergik kasalliklari rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Allergenlarning manbai bu nobud bo‘lgan suvaraklar tana qismlari va so‘lagi bo‘lishi ham mumkin.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, allergiya yengil kechishi ham, hayotga xavf soladigan darajada og‘ir o‘tishi ham mumkin. Ta’kidlash joizki, allergiya darhol yuzaga kelmaydi. Uning belgilari paydo bo‘lishigacha 2 yil o‘tishi ham mumkin.
Allepgiya opganizmning tupli tashqi ta’siplapga nisbatan yuqopi sezuvchanligi bilan ifodalanadi. Bunday xolat tupli ko‘pinishdagi salbiy oqibatlapga olib kelishi mumkin. Allepgiya natijasida yuzaga keladigan anafilaktik shok yoki nafas etishmasligi kabi xavfli holatlap tufayli inson halok bo‘lishi mumkin. Anafilaktik shokning sabablapi bu opganizmga allepgiya sababchisining kipishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Anafilaktik holati juda tez pivojlanadi va allepgen opganizmga kipganidan bip necha daqiqadan boshlab bip necha soat davomida o‘lim holatiga olib kelishi mumkin.
Kasallikni davolash to‘g‘ri tashxis qo‘yishdan boshlanadi. Allergiyani davolashda amaliyotda keng qo‘llaniladigan davolash usuli immunoterapiya hisoblanadi. Allergen miqdori davolash kursi davomida oshirilib boriladi. Ushbu usul bilan davolash davomida allergik kasallikning yengillashishiga yoki butunlay davolanib ketishga erishish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, JSST ekspertlari xulosasiga ko‘ra, har yili dori allergiyasidan 150 ming nafar kishi vafot etadi. Allergik xastaliklar uchun klinik yordam ko‘rsatish xizmati deyarli mavjud emas. Bemorlar, diagnostika va davo maqsadida boshqa alternativ tibbiy mutaxassislarga murojaat qilishadi. Har bir shifokor allergiyaning turli ko‘rinishlariga duch keladi.
Masalan, dori preparatlari va oziq – ovqat mahsulotlarini ko‘tara olmaslik, maishiy vositalar va kimyoviy moddalarga, xususan kiyimlar, sintetik matolar, kosmetika vositalari, gigiyena mahsulotlari, turli taqinchoqlar va ko‘pgina boshqa vositalarga noodatiy reaksiyalar ko‘rsatish kabi. Afsuski yuqoridagi holatlarga, ularda uchraydigan savollarga, bemorlarga adekvat yordam ko‘rsatishga shifokorlar tayyor bo‘lmaydi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA