Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Onkoepidemiologik intellektual tizimlarni ishlab chiqishda ob’ektlarni tanib olishning algebraik yondashuv algoritmlari” mavzusida
Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘lining “Onkoepidemiologik intellektual tizimlarni ishlab chiqishda ob’ektlarni tanib olishning algebraik yondashuv algoritmlari” mavzusidagi “05.01.03 - Informatikaning nazariy asoslari” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/05.05.2023.T.07.03 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 5 mart kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy.
Tel.: (99871) 238-64-43
e-mail: ilmiy_kengash@tuit.uz