Alimentga oid barcha savollarga javoblar — intervyu (+video)
Tahririyatimizga aliment to‘lovi haqida savol bilan ko‘plab murojaatlar bo‘lib turadi. Ular: alimentga oid qonunchilikdagi oxirgi o‘zgarishlar, tomonlar o‘rtasida aliment to‘lovi bilan bog‘liq nizolarga oid, aliment to‘lovini qurol qilgan holda, oilasini saqlab qolishga bo‘lgan urinishlar, aliment to‘lamaslik uchun o‘ylab topilayotgan bahonalar.
Aliment to‘lashni istamaslik bilan aliment to‘lashga qurbi yetmaslik orasida esa turli sabablar mavjud.
Misol uchun, ayrim qarzdorlar aliment to‘lashga qurbi yetsa-da, qasddan to‘lamaydi va qarzdorning bunga yetarlicha sanab beradigan sabablari bo‘ladi. Yana oramizda shunday shaxslar borki, kelgusida aliment va boshqa to‘lovlarni to‘lamaslik uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko‘radi: oila qurib, o‘z ayolini doimiy yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga kiritmaydi, o‘z nomiga mol-mulk xarid qilmaydi va shu kabi bir qancha holatlar...
Yana ba’zi fe’l-atvorli insonlar borki, aliment bu — o‘z farzandining moddiy ta’minoti uchun to‘lanadigan to‘lov ekanligini anglab yetmaydilar.
Aliment to‘lovidan qurol sifatida foydalanayotganda shu arzimagan mojarolar sabab tomonlar o‘rtasida farzandlarning qanchalik ruhiy aziyat chekishlari mumkinligini...
Va, bu “hukmronliklar” bilan andarmon bo‘lib sezmaydilarki, aslida er va xotin tom ma’noda haligacha bir-birini ruhan qo‘yib yubormaganliklarini...
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi MIBning Mirobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi — Axrolxon Rustamxo‘jayev bilan ana shu holatlar xususida salkam bir soat davomida suhbatlashdik va aliment to‘loviga oid kelib tushayotgan ko‘plab savollarga javob oldik.
Batafsil videoda:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/w2siTlSdjvo" title="Aliment haqida barcha savollarga javoblar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, N.Abduvoitov, U.To‘xtayev (video), O‘zA