Aldangan xaridorlar huquqi himoyalandi
Qashqadaryolik U.Esonov mashina sotib olish maqsadida «Qashqadaryo avtotexxizmat» MCHJ bilan 67 million 500 ming so‘mlik shartnoma tuzgan. Mashina uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lagan bo‘lsa-da, shartnomada ko‘rsatilgan muddatda avtomashina yetkazib berilmaydi.
Holatdan norozi bo‘lgan fuqaro Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. O‘rganishlar davomida iste’molchining talablari inobatga olinib, avtomashina iste’molchiga yetkazib berildi.
Yana bir murojaat Buxorolik K.A dan kelgan. Qayd etilishicha, u Buxoroda joylashgan savdo majmuasidan 1.850.000 so‘m evaziga qo‘l telefoni xarid qilgan. Oradan biroz vaqt o‘tib telefon nosoz ahvolga kelib qolgan. U tadbirkorga bu borada murojaat qiladi, lekin telefon almashtirib berilmaydi. Murojaat o‘rganilgach, iste’molchining telefoni boshqa muqolbil variantdagi telefonga almashtirib berildi.
Maftuna Karimova, O‘zA