“Al Aziz Trade Impeks” mahalliy bozordan eksportga yo‘l olmoqda
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanidagi “Al Aziz Trade Impeks” MCHJ 2025-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda bu yerda ip, bo‘yoq va tikuv mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxonada 30 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.
[gallery-29959]
Bu yerda 400 dan ortiq mahsulot tayyorlanib, mahalliy bozorga yetkazib berilmoqda. Ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va tashqi bozorlarga chiqish maqsadida korxona tomonidan yaqin kunlarda Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlariga eksportni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Mazkur korxona mahalliy sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA