Aksiz markalar oʻrniga raqamli markirovka tizimi
Mamlakatimizda davom etayotgan pandemiyaning ishlab chiqarish korxonalariga taʼsiri, ularda yuzaga kelgan muammolar va vinochilik yoʻnalishida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan oʻzgarishlar boʻyicha yuzaga kelgan savollarga Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Mamlakatimizda davom etayotgan pandemiyaning ishlab chiqarish korxonalariga taʼsiri, ularda yuzaga kelgan muammolar va vinochilik yoʻnalishida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan oʻzgarishlar boʻyicha yuzaga kelgan savollarga Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarida alkogol mahsulotlari aksiz markalari bilan tamgʻalanishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi maʼlum boʻlgan. Aksiz markalarini shisha qadoqlarga yelimlash hamda qoʻshimcha qadoqlash qismlar ishlatilishi hisobiga bir mahsulot uchun 50 soʻmdan 200,0 soʻmgacha qoʻshimcha xarajatlar amalga oshirilmoqda.
Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan aksiz markalarni tamgʻalash tartibini oʻzgartirish hamda shishadan boshqa turdagi qadoqlarga mahsulotlar ishlab chiqarishga ruxsat berilishi boʻyicha takliflar berildi.
Mamlakatimizda 1996-yilda joriy etilgan aksiz markalarni alkogol mahsulotlarini tamgʻalash tartibiga kiritilayotgan asosiy oʻzgartirish bu oʻzi yelimlanadigan aksiz markalarini joriy etilishi. Unga koʻra, ushbu yangi turdagi aksiz markalar boshqa davlatlar amaliyotidagi kabi, qadoqlarning yon qismiga joylashtiriladi.
Shu bilan birga, 2020-yilda alkogol mahsulotlarini hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida raqamli markirovkalash va ularni kuzatish imkoniyatini taʼminlash tizimining loyihasi amalga oshirilmoqda. Dastlabki bosqichda tajriba loyihasi doirasida 5 ta aroq (ishlab chiqarish hajmining 41 %), 3 ta pivo (ishlab chiqarish hajmining 75 %) ishlab chiqaruvchi korxonalarda raqamli markirovkalash tizimini joriy etish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Raqamli markirovkalash tizimini joriy etilishi natijasida bosqichma-bosqich alkogol mahsulotlarini aksiz markalar bilan tamgʻalash tartibidan voz kechiladi.
Shu bilan birga, Vino mahsulotlarining tannarxini tushirish hamda zamonaviy qadoqlash mexanizmlarini joriy etish maqsadida vino mahsulotlarini keg va tetra pak qadoqlarga qadoqlanishiga ruxsat berilishi boʻyicha ishlab amalga oshirilmoqda.