Akramova Dilafruz Shuxrat qizining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Linter ishchi kamerasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusida
Akramova Dilafruz Shuxrat qizining 05.02.03 -Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha “Linter ishchi kamerasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 14-fevral soat 9:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 160115, Namangan shahri, Kosonsoy ko‘chasi, 7-uy
Tel: (69) 228-76-71
e-mail: namdtu_info@edu.uz