Akademik va sohil eshkak eshuvchilari saralandi
Samarqand shahrida akademik eshkak eshish hamda sohil bo‘yi eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlariga start berildi. Ushbu musobaqalarda 250 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarning M1x yo‘nalishida Diyorbek Ergashev, Shahruz Tolibov va Davlatbek Otamurodov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. M2x bahslarida Abriy Ergashov / Samandar Rahimberdiyev tandemi chempionga aylangan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishdagi ayollar bahsida Shohista Rahmonqulova / Madina Safina dueti oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, W2- poygalarida Muxaddas Ibragimova / Nurjamal Sagindikova dueti marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. M4 bo‘yicha Ali Halimov, Lazizjon Hakimov, Parviz Eshboyev, Agzam Eshmurodov birinchi o‘rinni band etdi.
Sohil bo‘yi eshkak eshish bo‘yicha yakkalik ekipajlar dasturida Ma’mura Yo‘lchiyeva, Aysenem Farhodova hamda Diyora Usmonaliyeva shohsupaga ko‘tarildi. Erkaklar o‘rtasida esa Shahruz Tolibov, Humoyun Tolibov va Bahrom Berdiqulov kuchli uchlikdan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA