Ajrashib ketgan oilalar yarashtirildi
Buxoro viloyati Majburiy ijro Byurosining Romitan tumani bo‘limi davlat ijrochilari bir necha yillar oldin arzimagan sabab bilan ajrashib ketgan oilalarni yarashtirib, bolajonlarga quvonch ulashmoqda.
Byuro ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2013 yil 5 noyabrdagi qarzdor M.Xasanovdan undiruvchi M.Nayimova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼-qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud, – deydi Byuroning Romitan tumani bo‘limi davlat ijrochilari Feruzjon Saidjonov. – Davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjati bo‘yicha taraflar o‘rtasida yarashtirish chorasi ko‘rilib, oila tiklandi.
–Xuddi shunday fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2020 yil 22 dekabrdagi qarzdor S.Mamedovdan undiruvchi M.Istamova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ishlar olib borildi, – deydi Byuroning Romitan tumani bo‘limi davlat ijrochilari Atojon Atoyev. – Natijada olib borilgan tushuntirish ishlari jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilani yarashtirdi.
–Davlat tinch va barqaror ravnaq topishi uchun barcha oilalar tinch va totuv bo‘lishi kerak, – deydi Byuroning Romitan tumani bo‘limi davlat ijrochisi Aslon Aslonov. – Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2021 yil 9 sentyabrdagi qarzdor M.Istamovdan undiruvchi G.Jalilova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish hamda sudning 2021 yil 13 avgustdagi qarzdor F.Negmatovdan undiruvchi D.Qarayeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish ishlarida ko‘proq jamoatchilikka suyangan holda ularning yarashuviga erishildi.
–Fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 18.06.2021 yildagi Sh.Yodgorovdan undiruvchi D.Xolmurodova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ham yarashtirish chorasi ko‘rildi, –deydi Byuroning Romitan tumani bo‘limi davlat ijrochilari Humoyun Rahimov. – Natijada olib borilgan tushuntirish ishlarimiz oilani tikladi.
Oila qo‘rg‘onining mustahkamligi va unda ma’naviy jihatlarning shakllanishi hamda amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Binobarin, oila deb atalmish muqaddas makonda farzandlar kamolga yetmoqda, ulg‘aymoqda.
Zarif Komilov, O‘zA