Aholiga qulayliklar yaratilmoqda
2024 yilda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash dasturi doirasida Namangan shahrining Dambog‘ va Qodir Otamirzayev nomli ko‘chalarida oqava suv tarmoqlari tortilmoqda.
“Kelajak mega stroy” MCHJ tomonidan “Dambog‘” MFYda 2,5 kilometr uzunlikdagi oqava suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarilayotgan bo‘lsa, Namangan shahar “G‘isht ko‘prik” dahasidan boshlanuvchi Qodir Otamirzayev ko‘chasi bo‘ylab Qadamjoy va Sohibkor mahallalari hududi orqali 3,5 kilometr uzunlikdagi oqava suv tarmoqlari barpo etilmoqda.
Loyiha yakuni bo‘yicha 56 mingga yaqin aholi oqava suv tarmoqlariga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari bu hududlarda yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalari rivojlanish uchun ham mos sharoit yaratilishi nazarda tutilgan.
[gallery-19589]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA