Aholi salomatligi doimiy e’tiborda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyat sudi binosida fuqarolarni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish, ushbu muddatni uzaytirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi R.Mahmudova, viloyat sudi raisi A.Utayev, rais o‘rinbosari O.Hasanov, viloyat sudi sudyalari va sohaga mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida fuqarolarni majburiy tartibda davolash muassasalariga joylashtirishning huquqiy asoslari, tibbiy xulosalarni rasmiylashtirish tartibi hamda sud amaliyotida uchrayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
[gallery-26505]
Shuningdek, ishtirokchilarga majburiy davolash choralarini qo‘llashda inson huquqlari va sha’nini hurmat qilish, har bir qaror qonuniy, xolis va asosli bo‘lishi zarurligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Ushbu seminar amaliy jarayonlarda yagona yondashuvni ta’minlash hamda aholining salomatligini himoya qilishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA