Aholi salomatligi doimiy e’tiborda
Termiz shahridagi 2-oilaviy poliklinikada aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zamonaviy sharoit yaratilgan.
Ushbu tibbiyot maskani hududdagi 14 ta mahalla fuqarolariga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Tashxis va davolash ishlari samarali tashkil etilgan. Muassasaning 13 nafar malakali shifokor va 47 nafar hamshirasi aholi salomatligini doimiy nazoratga olgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA