Aholi murojaatlari qisqa muddatda hal etilmoqda
Xususan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida fuqarolardan kelib tushgan 845 ta murojaatning 57,1 foizi tez fursatda qanoatlantirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jondor tumanidagi Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qilish jarayonlari tizimli ravishda tashkil etilgan boʻlib, murojaatlar boʻyicha aholi muammolarini qisqa muddatda hal etishga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, Xalq qabulxonasi tomonidan tuman sektor rahbarlari ishtirokida hududlarda sayyor qabullar, yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, qabullar jarayonida kelib tushgan murojaatlarni tuman Xalq qabulxonasi murojaatlar dasturiy tizimiga kiritilishi hamda ularni hal qilish uchun mutasaddi idora va tashkilotlarga yoʻnaltirilishi yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida fuqarolardan kelib tushgan 845 ta murojaatning 57,1 foizi tez fursatda qanoatlantirildi.