Aholi bilan uchrashuvlar qizg‘in kechmoqda
Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Nazir Sobirov hamda Jahongir Shirinov Qorako‘l va Jondor tumanlarida bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishmoqda.
Xalq vakillari uchrashuvlarda yaqinda deputatlar tomonidan qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunda aks etayotgan normalarni aholiga tushuntirdilar.

Muloqotlarda shuningdek, saylovchilarning fikr-mulohazalari, takliflari eshitildi. Shu bilan birga, aniqlangan ayrim masalalar yechimi nazoratga olindi.
Jahongir Shirinov Jondor tumanining hunarmandlar mahallasi hisoblangan Ushot qishlog‘ida bo‘lib, Sayxunobod tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

J.Shirinov aholi tomorqalaridagi yer maydonlaridan samarali foydalanish, o‘z xonadoni uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, orttirilgan mahsulotni mahalliy bozorga sotish orqali daromadni ko‘paytirish, dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘maklashish maqsadida sifatli urug‘ va dori vositalari bilan ta’minlash, tadbirkorlarning eksportiga amaliy yordam berish masalalariga ham to‘xtalib, tegishli tavsiyalarni berdi.
M.Komilova, O‘zA