Aholi bandligini oshirish yo‘lida
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumani Axsikent mahallasida joylashgan “Lyuks plus” korxonasi ish boshlaganiga uch yildan oshdi. Tadbirkor Tolib Nishonov rahbarlik qilayotgan, o‘ttiz kishi ish bilan ta’minlangan korxonada erkaklar va bolalar uchun mavsumiy kiyimlar hamda kostyum-shim ishlab chiqarilmoqda. Oyiga 3000 donagacha tayyor mahsulot ichki bozorga yetkazilyapti.
Tadbirkor ayni damda ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish harakatida.
[gallery-18580]
Aytish kerakki, Yangi Namangan tumanida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va bu orqali aholi bandligini ta’minlash yo‘lida qilinayotgan amaliy ishlar o‘z samarasini bermoqda.
Jumladan, yana bir istiqbolli tadbirkorlik sub’ekti - “Dilorom” MCHJda ham 15 xotin-qiz muqim ish joyiga ega. Ushbu sexda “Demo” brendi ostida avtomobillar uchun ichki jihozlar tayyorlanadi va poytaxt bozoriga sotuvga chiqariladi.
HOTAM MAMADALIEV(surat),O‘zA