Aholi arzon va sifatli go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chortoq tumanida aholini arzon va sifatli go‘sht hamda go‘sht mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida chorvachilik sohasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, zamonaviy chorvachilik komplekslarini tashkil etish va sohaga investitsiya jalb qilish ishlariga alohida e’tibor qaratilayotir.
Tumanda “Chortoq halol chorva” MCHJ tomonidan qariyb 3 milliard so‘m investitsiya hisobiga zamonaviy chorvachilik majmuasi barpo etildi.
Korxonada Rossiya, Belarus, Xitoy va Dog‘istondan keltirilgan «Simmental», «Angus» va «Gereford» zotli nasldor hamda go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar parvarishlanmoqda.
[gallery-30787]
Majmua hududida 100 tonna sig‘imga ega zamonaviy sovutkich ombori hamda aholini sifatli go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qilayotgan qushxona ham faoliyat yuritmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning Chortoq tumanidagi o‘rganishlari davomida mazkur chorvachilik kompleksi faoliyati bilan tanishildi.
Viloyat hokimi bunday loyihalar aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorda go‘sht mahsulotlari narxlari barqarorligini saqlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va chorvachilikni zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, nasldor chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA