“Agrobank” kreditlari undirilmoqda
“Agrobank” ATB Samarqand viloyat boshqarmasi va filiallari tomonidan sud qarori asosida qarzdorlarning muddati oʻtgan kredit qarzni undirish boʻyicha samarali ishlar olib borilmoqda.
“Agrobank” ATB Samarqand viloyat boshqarmasi va filiallari tomonidan sud qarori asosida qarzdorlarning muddati oʻtgan kredit qarzni undirish boʻyicha samarali ishlar olib borilmoqda.
Xususan, “Charxin kimyo” MCHJ ning bank oldidagi 3 mln yevro miqdoridagi kredit qarzi sud qaroriga asosan garov mulklariga qaratildi. Garovdagi qariyb 57 ta 42.7 mlrd. soʻmlik mulklar (omborxona, oʻgʻit tarqatish shoxobchalari, binolar) baholangan xolda 2020-yil 7-oktyabr kunida oʻtkaziladigan auksion savdolariga qoʻyildi.
Mazkur mulklarni sotib olishga qiziquvchilar uchun realgroup.uz internet saytida xamda “Zarafshon” gazetasining 99-sonida garov mulklari toʻgʻrisida eʼlonlar berildi. Shuningdek, sud qarori asosida Samarqand viloyat “Agrokimyoximoya” XAJ ning bank foydasiga muddati oʻtgan kredit qarzni undirish boʻyicha Majburiy ijro byurosi tomonidan jamiyatga tegishli bosh ofisi xatlanib, boshlangʻich sotish bahosi belgilangan boʻlib, bugungi kunda auksion savdolariga chiqarish ishlari olib borilmoqda.