Afrikada eng qadimgi qabr topildi
Keniyada qadimgi tosh davriga oid deb taxmin qilingan 3 yoshli bolaning skeleti qoldiqlari o‘rganildi, deya xabar beradi sozcu.com nashri. Arxeologlar ming yillar avval taxminan yaproqlar va hayvon terisiga o‘rab ko‘milgan bola jasadini atroflicha tadqiq etishdi.
Tadqiqotga ko‘ra, avval bir yosh deb taxmin qilingan bola uch yosh bo‘lgani hamda poleolit davrida yashagani ma’lum bo‘lgan. Olimlar unga Mtoto ismini bergan. Tadqiqotchi professor Martinon-Torresning aytishicha, skelet qoldig‘i o‘g‘il bolaga tegishli hamda u 78 ming yil avval dafn etilgan.
Professorning ta’kidlashicha, tadqiqot natijasida bugungi kunimizdagi dafn marosimlarini eslatuvchi belgilar aniqlangan.