Afg‘onistondagi portlashda yosh bola vafot etdi
Bugun Kobulda sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir nafar yosh bola halok bo‘ldi, to‘rt nafar “Tolibon” jangarisi yaralandi. Bu haqda «Khaama Press» agentligi mahalliy Tolibon politsiyasi boshqarmasiga asoslanib xabar berdi.
Bagrom tumanida yuz bergan fojiaga toliblar mashinasini portlatish uchun yo‘l chetiga o‘rnatilgan bomba sabab bo‘lgan.
Mamlakatdagi qurolli guruhlarning hech biri voqeaga munosabat bildirmagan va javobgarlikni ham o‘z zimmasiga olmagan.