“Adolat” SDP mitingida talabalar “kontrakt” pullari va stipendiyalar yuzasidan oʻz talablarini ilgari surdi (+video)
Oʻzbekiston “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan Olmazor tumani Talabalar shaharchasida “Adolat - har bir inson uchun” shiori ostida miting oʻtkazdi.
Oʻzbekiston “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan Olmazor tumani Talabalar shaharchasida “Adolat - har bir inson uchun” shiori ostida miting oʻtkazdi.
Unda Oliy majlis deputatlari, partiyaning Toshkent shahar va tuman tashkilotlari raislari, xalq deputatlari Toshkent shahar, tuman Kengashlari deputatlari, BPT raislari, partiya faollari, “Ayollar qanoti”, “Yoshlar qanoti” aʼzolari,, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar, mahalla faollari, xotin-qizlar hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Mitingda asosiy eʼtibor talabalar tomonidan OTM shartnoma pullari va taʼlim tizimidagi kamchiliklarga qaratildi.
Tadbirda soʻzga chiqqan partiya Toshkent shahar Kengashi faollari hamda partiya lideri Narimon Umarov barchani birdamlikka chaqirdi. Tadbirning asosiy maqsadi ham Oʻzbekiston “Adolat” SDP tomonidan partiyaning saylovoldi dasturidagi asosiy gʻoyalarning xalq orasida keng muhokamasini taʼminlash, yuqori saviyada oʻtkazishdan iborat boʻldi.
Tashkil etilgan namoyish jarayonida barcha talabalar oʻz fikr-mulohazalarini erkin bildirdi. Tadbir mohiyatidan kelib chiqqan holda OTMda shartnoma narxlari va kvota masalalari ochiq-oydin muhokama qilindi.
Tadbir davomida partiyaning ushbu namoyishi talabalarga qanot berganligi qayd etildi. Bundan tashqari talabaning bilim saviyasi yuqori boʻlishi uchun eng avvalo, yaxshi kadrlar tomonidan bilim berilishi, yetuk kadrlarning yetishib chiqishi Oliy taʼlim tizimda faoliyat olib borayotgan oʻqituvchilarga bogʻliqligi taʼkidlandi. Bu borada har bir oʻqituvchi tomonidan oʻz kasbini suiisteʼmol qilmagan holda adolatli tarzda bilim berib borilishi lozim. Stipendiyalarning bir xil qilib belgilanganligi oʻqishni istovchi, stipendiya uchun harakat qiladigan bolaning saviyasini tushirib yuborishiga sabab boʻlishi, jarayonni maqbullashtirish, 2019-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Oliy taʼlim tizimi tomonidan kontrakt narxlari va stipendiyalarni meʼyoriga qoʻyishga va kvotalar tizimida eng katta qadamlardan biri boʻlishi toʻgʻrisidagi fikrlar tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirildi.
Miting davomida oʻzini Furqat deb tanishtirgan fuqaro belgilangan kontrakt narxlariga oʻz eʼtirozini bildirdi. Kontrakt narxlarini ozroq pasaytirish ayni muddao boʻldi. Agarda bir oiladan 3 nafar talaba oʻqiyotgan boʻlsa, uchinchi farzandning shartnoma pulini toʻlamagan holda oʻqishini belgilash lozim. Shundagina jamiyatimizda qiynalgan oilalarga nisbatan adolat oʻrnatiladi.
Oʻzini Maftuna deb tanishtirgan talaba tomonidan Oliy oʻquv yurtlarida oʻquv amaliyoti soatlarini koʻpaytirish kerak. Buning mexanizmi sifatida talaba haftada bir kunini korxona va tashkilotda oʻquv amaliyotini bakalavr bosqichining 3, 4 chi kurslarida qatʼiy oʻtashi belgilab qoʻyilsa.