Adolat himoyachilari tadbirkorlar huzurida
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi mutasaddilari tumanlarda bo‘lib, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
Uchrashuvlarda kichik va o‘rta biznes vakillari o‘rtaga tashlayotgan masalalar eshitilib, ularni birgalikda yechish yo‘llari izlanyapti.


Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A.Roziqovning Sherobod va Boysun tumanlari xususiy biznes vakillari bilan uchrashuvida 50 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektining murojaati tinglandi. 20 nafar tadbirkorga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishning afzalliklari va talabnoma topshirish tartibi haqida huquqiy tushuntirish berildi. 15 dan ortiq fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib, ularning murojaatlari joyida hal etildi.


Muddat talab etadigan murojaatlarga tegishli vaqt belgilanib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri