“Adabiy meros” ilmiy elektron jurnalining ilk soni
Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi “Adabiy meros” nomli ilmiy elektron jurnalni nashrdan chiqardi.
“Adabiy meros” jurnali folklorshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik va manbashunoslik ilmida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ilmiy nashrlardan hisoblanadi. Unda adabiyotshunoslikda o‘z maktabini yaratgan fidoyi olimlar va adabiy jarayonni namoyish etuvchi eng yangi ilmiy asarlar haqida tanqidiy, bibliografik xarakterdagi maqolalar berib boriladi.

Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga armug‘on sifatida tayyorlangan jurnalning ushbu sonida “Qadimiy bitiklar”, “Navoiy abadiyati”, “Manbashunoslik va matnshunoslik”, “Jadid adabiyoti” “Tilshunoslik”, “Oltin beshik” kabi ruknlarda ko‘pgina yangiliklarga boy va ilmiy jihatdan muhim hisoblangan qiziqarli maqolalar o‘rin olgan.
Jurnalda mamlakatimizning folklorshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi eng yetuk olimlari bilan bir qatorda AQSH, Germaniya, Turkiya, Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon kabi xorij mamlakatlari taniqli olimlarining maqolalari ham o‘rin olgan.
D. Mamatova, O‘zA