“Abu Saxiy” savdo markazi yopildi
Test tahlillari natijasiga koʻra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.
Joriy yilning 6-iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Tashkent Trade Center” (Abu Saxiy) savdo markazi maʼmuriyati ishchilari va bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi.
Test tahlillari natijasiga koʻra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.
Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga koʻra, savdo markazi profilaktika tadbirlarini oʻtkazish uchun vaqtincha yopildi.