Abu-Dabidagi muzokaralar: tomonlar kelişuvga yaqinlaşmoqdami? (+video)
TASS axborot agentligi yozişiça, Abu-Dabidagi Rossiya, Ukraina va AQŞ iştirokidagi uç tomonlama muzokaraning dastlabki kuni 4 yarim soat davom etgan. Davlat kotibi Marko Rubio birinçi kungi uçraşuvni “juda samarali” deb baholadi. Binobarin, uning özi BAA poytaxtida emas: Parijda G7 davlatlari taşqi işlar vazirlari uçraşuvida iştirok etyapti.
Abu-Dabidagi amerikalik muzokaraçilar, şuningdek Rossiya va Ukraina delegatsiyalari hozirça rasmiy bayonot bermagan.
RF bilan muloqot boşlanişidan oldin Ukraina delegatsiyasi Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, NATO va Yevropa Ittifoqi vakillari bilan gaplaşdi. Suhbatda Uitkoff va Kuşner ham qatnaşgan.
Uçraşuvdan keyin Uitkoff ijtimoiy tarmoqda xabar qoldirib, nizo tugagandan keyin Kiyev uçun xavfsizlik masalasida qanday kelişuvga erişilişi mumkinligi muhokama qilinganini aytdi.
Abu-Dabidagi rus delegatsiyasi vakili esa jurnalistlarga anonim tarzda Ukraina masalasi keng kölamli muhokamaning faqat bir qismi ekanini bildirdi.
– Ukrainadagi vaziyat juda muhim, ammo bu mavzu keng qamrovli kun tartibining bir bandi xolos, – degan manba.
“Reuters” va RF axborot agentliklari tarqatgan uşbu bayonotda asosiy maqsad butun qitʼa uçun yagona va bölinmas xavfsizlik tizimini yaratiş ekani taʼkidlangan.
Keçqurun Zelenskiy birinçi davrani “samarali va mazmunli” keçdi, deya baholadi.
Rossiya Ukraina va Yevropaning jangni zudlik bilan töxtatiş talabini rad etyapti. Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov şu masalaga töxtalar ekan, “keyin nima bölişini tuşunmasdan turib, yana bir bor sulhga yoki öt oçişni töxtatiş şartiga rozi bölmaymiz” degan.
Uning fikriça, avval Yevropada kelajak xavfsizligi tizimining aniq şartini belgilab oliş, şundan keyingina Rossiya va Ukraina örtasidagi mojaroni hal qilişga ötiş töğri yondaşuvdir.
“Reuters” muxbiriga amerikalik yuqori lavozimli amaldor aytişiça, AQŞ muzokaraçilari Zelenskiy va Putin eng muhim masala – hududlar böyiça kelişuvga erişişi mumkin, deb hisoblamoqda. Buning uçun har ikki tomon öz talabining bir qismidan voz keçişi kerak böladi.
Xullas, xavfsizlik kafolati böyiça kelişuvga erişilmagunça, hududlar masalasida ham yakuniy qarorga kelişning imkoni yöq.
Kenja Bekjonov,
Salimjon Obidjonov (video),
ÖzA