Abiturientlar uchun yana єanday yangilik bor?
Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirishga oid qarori bilan bir vaqtda uchta oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish mumkin ekan. Ayting-chi, ushbu qarorda abiturientlar uchun yana qanday yangiliklar bor?
– Prezidentimizning yaqinda qabul qilingan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirishga oid qarori bilan bir vaqtda uchta oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirish mumkin ekan. Ayting-chi, ushbu qarorda abiturientlar uchun yana qanday yangiliklar bor?
Ubaydulla ABRAXMATOV,
Qashqadaryo viloyati
Farhod Babashev – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i:
– Prezidentimizning 2019 yil 14 maydagi «Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan 2019/2020 o‘quv yili qabulidan boshlab abiturientlarga oliy ta’lim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirish huquqi berildi.
Yana bir yangilik, endilikda davlat OTMlarga abiturientlardan hujjatlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Shuningdek, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abiturientlardan (nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar bundan mustasno) test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam ish haqining yarim baravari (101 ming 365 so‘m ) miqdorida to‘lov undiriladi.
Joriy yilda test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Abiturientning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumotni test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi esa test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Mazkur hujjat bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi. Birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fani kiritiladi. Ikkinchi bo‘limga esa abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.
manba: «Mahalla» gazetasi