Abdusalomova Istoraxon Ilhom qizining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Statistik kuzatuvlarni raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish jarayonlarini takomillashtirish» mavzusida
Abdusalomova Istoraxon Ilhom qizining 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari ixtisosligi bo‘yicha «Statistik kuzatuvlarni raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish jarayonlarini takomillashtirish» mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.29/30.12.2019.I.92.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 19-yanvar kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100007, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 42-b-uy, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 1-qavat majlislar zali.
Tel.: (99871) 202-81-86; faks: (99871) 202-81-86;
e-mail: info@stat.uz