Abdusalomov Bexzodjon Alisher o‘g‘lining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Eksperimental usulda yiringli yaralarni davolashda biotibbiy hujayrali texnologiyalardan foydalanishning patogenetik asoslari» mavzusida
Abdusalomov Bexzodjon Alisher o‘g‘lining 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya, 14.00.27 – Xirurgiya ixtisosliklari bo‘yicha «Eksperimental usulda yiringli yaralarni davolashda biotibbiy hujayrali texnologiyalardan foydalanishning patogenetik asoslari» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 31-oktabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi 2-uy.
Tel.: (+99878) 150-78-14; Faks: (+99878) 150-78-14